Prezident taklifiga binoan Tanzila Narbayeva uchinchi bor Oliy Majlis Senati raisi etib saylandi. Sodiq Safoyev esa uning birinchi o‘rinbosari, Amanbay Orinbayev o‘rinbosari bo‘ldi.
Nukus voqealari bo‘yicha sudda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev ko‘rsatma berdi. U suddan sudlanuvchilarning jazosini qonun doirasida yengillashtirishni so‘radi.
Dauletmurat Tajimuratov suddagi ko‘rsatuvida Qoraqalpog‘iston deputatlari nima uchun suverenitetdan voz kechish haqida qaror qabul qilganini aniqlashga qanday uringani va miting o‘tkazishga qanday chorlagani haqida gapirib berdi.
Nukusda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev Senat a’zoligiga saylandi.
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining yangi raisi etib Amanbay Orinbayev saylandi. U avvalroq IIV rahbari va Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan. Prezident u o‘z lavozimida Qoraqalpog‘iston xalqiga sidqidildan xizmat qilishi va bildirilgan ishonchni oqlashi lozimligini ta’kidladi.
Qoraqalpog‘istonning sobiq ichki ishlar vaziri Amanbay Orinbayev Jo‘qorg‘i Kengesi deputati etib saylandi.
Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri Amanbay Orinbayev lavozimidan ozod qilindi. U Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting